Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

152025-05-12 22:11

Qo‘qon shahrida mutasaddilarga aholining ijtimoiy muammolarini "mahallabay" hal etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi

Ma’lumki, mamlakatimizda joriy yilning 1-mayidan mahalla fuqarolar yig‘inlari saylovlariga start berilgan va ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida aholi ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida o‘z nomzodlariga ovoz bermoqda. Qo‘qon shahrida ham bir qator mahallalarda saylovlar o‘tkazilib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, endilikda 5-yil davomida mahallalarga bosh-qosh bo‘ladigan oqsoqollar saylandi. Bugun yangi saylangan mahalla raislari shahar faollari ishtirokida e’tirof etilib, keng jamoatchilik oldida muborakbod etildi. Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida mahalla tizimida dolzarb bo‘lib turgan vazifalar muhokama etilib, xavfsiz va obod mahalla tamoyillari asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz