Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Dastlab, sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Qo‘qon shahrini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi" yuzasidan hisobot berib, shahrimizda ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Sessiyada, shuningdek Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Zikrillo Ro‘zmatovning ahholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan, Hududlarda jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchiliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Parpiyevning, Qo‘qon shahrida qonuniylikni ta’minlash, aholi va tadbirkorlarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida Qo‘qon shahar prokurori Alisher Nazirovning, Qo‘qon shahridagi goyegrafik obyektlarga nom berish va qayta nomlash to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimi maslahatchisi Dilfuzaxon Alimovaning va Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining 2025-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b Muzaffar Sanginovning ham hisobotlari deputalar e’tiboriga havola etildi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilinidi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimligida hokimlik soati o‘tkazildi
Yanada go‘zal va yanada ko‘rkam xonadonlar!
Tez kunlarda qurib bitkazamiz!