Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
Joriy o‘quv yilida yoshlarga barcha yo‘nalishlarda berilgan ta’lim sifat-samaradorligi, o‘quvchilarning o‘nib-o‘sgan ijodiy salohitini ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Marufjon Usmonov mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salohiyatlarini ro‘yobga chiarish borasida yaratilgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tib, ushbu hisobot konserti yangi iqtidorlarni aniqlash va ustozlar mahoratiga baho berishday ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Darhaqiqat, ko‘p yillardan beri ushbu ta’lim dargohi yoshlarni madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorlarini namoyon etib, salohiyatlarini yuksaltirib kelayotgan nufuzli maskanga aylandi. Hisobot konsertida bolalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, raqs va badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Qo‘qon shahar hokimligida hokimlik soati o‘tkazildi
Yanada go‘zal va yanada ko‘rkam xonadonlar!
Tez kunlarda qurib bitkazamiz!