Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

92025-04-29 14:14

Qo‘qon shahrida “Madaniyat va san’at xaftaligi” doirasida konsert o‘tkazildi

Yoshlar bog‘ida yuqori saviyada tashkil etilgan badiiy tadbirda, ona-vatanga sadoqat, milliy istiqlol va Yangi O‘zbekiston g‘oyalari, milliy urf-odatlar va an’analarimiz tarannum etildi. Tomoshabinlar bilan limmo-lim to‘lgan Yoshlar bog‘idagi amfiteatrda yangragan kuy-qo‘shiqlar, raqs va tomoshalar, interaktiv muloqotlar chog‘ida yurtimizda "inson qadri uchun" tamoyili ostida xalqimiz manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, va eng muhimi hamyurtlarimizning onggida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar e’tirof etildi. Madaniy tadbirlar davomida faollik ko‘rsatgan yoshlar va ularning ota-onalariga Amiriy kutubxonasining maxsus sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Iqtidorli yoshlar tomonidan o‘zbek va rus tillarida ijro etilgan qo‘shiqlar, she’r va qasidalar, el suygan san’atkorlar ijodi barcha tomoshabinlarni sahnaga chorlab, konsert dasturi katta bir tantanaga aylanib ketdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz